«ichki ishlar vazirligi» tegli maqolalar


Prezident IIV va Milliy gvardiyaga ehtimoliy teraktlarning oldini olish choralarini ko‘rishni topshirdi
29 mart 2024, 20:59

Prezident IIV va Milliy gvardiyaga ehtimoliy teraktlarning oldini olish choralarini ko‘rishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga aholi gavjum joylarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlarining oldini olishga qaratilgan ta’sirchan choralarni ko‘rish vazifasi qo‘yildi.

O‘zbekistonda qariyb 9 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalari musodara qilindi
31 dekabr 2023, 16:59

O‘zbekistonda qariyb 9 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalari musodara qilindi

Bir yarim oy davomida O‘zbekiston bo‘ylab qariyb 9 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalari olib qo‘yildi, deb xabar qildi IIV.

«Qalbingizda iztirob yo‘q». Shokir Sharipov IIV rahbarini yana iste’foga chiqishga chaqirdi
3 dekabr 2022, 12:39

«Qalbingizda iztirob yo‘q». Shokir Sharipov IIV rahbarini yana iste’foga chiqishga chaqirdi

Po‘lat Bobojonov iste’fosini talab qilib Toshkentda bir kishilik piket uyushtirgan publitsist va bloger Shokir Sharipov IIV rahbariga yangi video murojaat yo‘lladi. «15 yoshli bolaning urib, o‘ldirilganini eshitgach, iztirobga tushdingizmi? Agar tushmagan bo‘lsangiz, o‘rningizni boshqaga bo‘shatib qo‘ying», — dedi u.

Suriyada jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
19 noyabr 2022, 16:00

Suriyada jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

IIV «xalqaro terrorchilik tashkilotlari ta’sirida» 2021 yili Suriyaga borib, u yerda jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan ikki fuqaro qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarilganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ular «O‘zbekistonga qarshi o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda» ayblanmoqda.

«Morgdan uyiga olib ketayotgan bo‘lgan». IIV Toshkentda erkak ayolining murdasini ikki kun mashinada olib yurgani haqida
29 avgust 2022, 15:02

«Morgdan uyiga olib ketayotgan bo‘lgan». IIV Toshkentda erkak ayolining murdasini ikki kun mashinada olib yurgani haqida

Tarmoqlarda er o‘z ayolini o‘ldirib, 2 kun davomida mashinada olib yurgani aytilgan video tarqaldi. IIV tasvirlar aslida, fuqaro ayolining murdasini uyiga dafn uchun olib ketayotganida suratga olinganini ma’lum qildi. Marhuma «chap tuxumdon kistasi yorilishi, ichki qon yo‘qotish»dan vafot etgani aytilmoqda.

Qashqadaryoda qotillik qilib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkent viloyatida ushlandi
26 noyabr 2021, 15:40

Qashqadaryoda qotillik qilib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkent viloyatida ushlandi

Qashqadaryoda qotillik sodir etib, 2020 yilning sentabr oyidan qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkent viloyatida qo‘lga olindi. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan yuritilgan qidiruv ishi tugatilgan.

Sportchi Elbek Rahimovni o‘ldirganlikda gumon qilinayotganlar orasida maktab o‘quvchilari ham bor
19 avgust 2021, 13:26

Sportchi Elbek Rahimovni o‘ldirganlikda gumon qilinayotganlar orasida maktab o‘quvchilari ham bor

Qashqadaryoda sportchi Elbek Rahimov o‘limi yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida sportchi qotillikda gumonlanuvchilardan biri bilan o‘zaro nizoda bo‘lgani aytildi. Gumonlanuvchilarning eng kattasi 29 yoshda, eng kichigi — 16−17 yoshli maktab o‘quvchilari. Mazkur ish bo‘yicha sud ishi barcha uchun ochiq tarzda o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Yanvar-iyun oylarida har 100 ming aholiga 132 ta jinoyat to‘g‘ri kelgan
10 avgust 2021, 17:30

Yanvar-iyun oylarida har 100 ming aholiga 132 ta jinoyat to‘g‘ri kelgan

2021 yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekistondagi har 100 ming aholi soniga 132 ta jinoyat to‘g‘ri kelgan. Ushbu davr mobaynidan aniqlangan jinoyatlar soni 2017 yilgi ko‘rsatkichlardan ikki baravarga ko‘p. Jinoyatlarning 34,8% avvalgi yillarda sodir etilib, joriy yilda hisobga qo‘yilgan.

Kattaqo‘rg‘onlik soliqchi voqeasi: marhumning yaqinlari unga kuch ishlatilganligini aytmoqda. Shifokor esa marhumning tanasida jarohat bo‘lmaganligini aytmoqda
14 iyun 2021, 17:23

Kattaqo‘rg‘onlik soliqchi voqeasi: marhumning yaqinlari unga kuch ishlatilganligini aytmoqda. Shifokor esa marhumning tanasida jarohat bo‘lmaganligini aytmoqda

Samarqand viloyatida YPX xodimlari tomonidan qo‘lga olinish chog‘ida vafot etgan tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosarining ishi bo‘yicha surishtiruvlar davom etmoqda. Marhumning qarindoshlari uning ikki qo‘lida barmoq izlari, bo‘ynida va yuzida shilingan jarohatlar borligini aytishmoqda. Jasadni tekshirgan shifokor esa uning tanasida jarohatlar ko‘rmaganligini, faqatgina o‘ng ko‘z atrofida kichkina shilingan joyi bo‘lganligini ta’kidladi.

Toshkent viloyatida fuqaroni ichki ishlar tizimiga joylashtirishni va’da qilgan shaxs ushlandi
4 may 2021, 11:23

Toshkent viloyatida fuqaroni ichki ishlar tizimiga joylashtirishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida fuqaroni 4500 AQSH dollari evaziga ichki ishlar tizimiga joylashtirishni va’da qilgan shaxs aniqlandi. U kelishilgan puldan 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mast holda jamoat tartibini buzgan ichki ishlar organi xodimi ishdan bo‘shatildi
28 dekabr 2020, 15:07

Mast holda jamoat tartibini buzgan ichki ishlar organi xodimi ishdan bo‘shatildi

Ichki ishlar organi hodimining mast holatda jamoat tartibini buzayotganligi haqidagi videoga IIV munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, ushbu hodisadan so‘ng me’yoriy buyruq talablarini buzgan xodim o‘z vazifasidan chetlatildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting